Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“INFOLIB O‘ZBEKISTON – 2020” haftaligi boshlandi

Joriy yilning 16-20 noyabr kunlari yurtimizda shu nomdagi IX milliy axborot-kutubxona haftaligi o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida mazkur haftalik doirasidagi tadbirlar boshlandi.

Tadbirlar onlayn va oflayn shaklda, “INFOLIB O‘ZBEKISTON – 2020” IX milliy axborot-kutubxona haftaligi dasturiga ko‘ra, “Kitobxonlar uchun tezkor xizmat ko‘rsatish”, “Mutaxassislar soati” kabi kutubxonachilar uchun axborot-kutubxona tizimini takomillashtirishga qaratilgan va qabul qilingan hujjatlar talablarini o‘rganishga oid seminar-treninglar, dasturiy ta’minotlar taqdimotlari bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha ishlanmalarni o‘rganish imkoniyati yaratiladi.

“Ilhom va ijod”, “Oila davrasida kitobxonlik” mavzusidagi kitob taqdimotlari, shoir va yozuvchilar, ilm-fan, madaniyat va jamoat arboblari ishtirokida ijodiy uchrashuvlar, yoshlarning intellektual bilimini oshiruvchi viktorinalar, kutubxona faoliyati va o‘qish zallarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishtiruvchi onlayn va oflayn tadbirlar o‘tkaziladi.

Haftalikning ochilish marosimini respublikamizning barcha viloyatlaridagi markaziy axborot-kutubxona vakillari videokonferensaloqa shaklida, onlayn kuzatish imkoniga ega bo‘ldi.

Baxtiyor MUSTANOV.