MIB: yilning shu davriga qadar 247,7 mlrd. so‘mdan ortiq soliq qarzdorligi undirilgan

Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan ijro hujjatlari bo‘yicha davlat byudjetiga joriy yilning o‘tgan davrida 247,7 mlrd. so‘mdan ortiq soliq qarzdorligi undirilishi ta’minlangan.
Shuningdek, soliq va boshqa undiruvlar yuzasidan qarzdorlarga tegishli bo‘lgan 1,9 mlrd. so‘mlik mol-mulklar xatlanib, 6 ta 1,8 mlrd. so‘mlik mol-mulklar realizatsiya qilish uchun elektron-onlayn auksion savdolariga chiqarilgan.
Misol uchun, Byuroning Samarqand shahar bo‘limi ish yurituvidagi “M.R.I” MChJdan 476,5 mln. soliq qarzini undirish haqidagi ijro hujjati bo‘yicha qarzdorlikni undirish maqsadida, hisob raqamlariga band solingan hamda mol-mulklariga ta’qiq qo‘yilgan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida MChJdan jami 476,5 mln. so‘m soliq qarzdorligi to‘liq undirilib, davlat soliq boshqarmasining tegishli hisob raqamlariga yo‘naltirilishi ta’minlangan.
Soliq qarzdorligini undirishga oid ijro hujjatlari bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.