Kuzatuv kameralari qanday ishlayapti?
- 21.05.2024 14:28
- 157
- Jamiyat
Ma’lum bo‘lishicha, ekologik huquqbuzarliklarni kamaytirish uchun o‘rnatilgan uskunalarning faqat yarmi ishlayapti.
Fevral oyida Ekologiya vazirligi tomonidan Samarqand shahrida sanitar holatni yaxshilash va belgilanmagan joylarga har xil turdagi chiqindilarni tashlanishining oldini olish maqsadida 25 ta kuzatuv kameralari o‘rnatilgan. Kameralar orqali qonunbuzarliklar aniqlanib, o‘rnatilgan tartibda chora ko‘rilishi shartligi belgilangan.
Biroq o‘rganishlarda 25 ta kameradan bor-yo‘g‘i 12 tasi ishlamoqda. Kuzatuv kameralari orqali qayd etilgan belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash holati 956 ta, shundan transport vositalaridan chiqindi tashlash 156 tani tashkil etgan.
Aniqlangan holatlarning faqat 231 tasiga yoki 24 foiziga jarima qo‘llanilgan.
Chora ko‘rilmaganligidan deyarli har kuni belgilanmagan joylarga chiqindilar tashlab ketilmoqda.