Vatan manzumasi

Viloyat musiqali drama teatrida shunday nomlangan adabiy-ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Mudofaa va Madaniyat vazirliklari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan kechada harbiylar, ularning oila a’zolari, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston xalq shoirlari Erkin Vohidov, Omon Matjon, Halima Xudoyberdiyeva, Muhammad Yusuf, Azim Suyun, Mahmud Toir, taniqli shoirlar Usmon Azim, G‘ayrat Majid, Oydin Hojiyeva, Xosiyat Bobomurodova, Qutlibeka Rahimboyeva, Gavhar Ibodullayevalarning Vatan, xalq, ona mavzularidagi she’rlari yosh shoir va shoiralar tomonidan o‘qildi.

Elimiz suygan san’atkorlar ijro etgan kuy-qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilari kayfiyatini xushnud etdi. Ayniqsa, harbiylarning chiqishlari tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

Konsert so‘ngida Farg‘ona viloyat musiqali drama teatri aktyorlari tomonidan Said Ahmadning “Ufq” romani asosida sahnalashtirilgan spektakl namoyish etildi.