Dunyodagi g‘alati va g‘ayrioddiy muzeylar
Bu muzeylarda mutantlar va o‘t o‘ruvchilardan tortib, soxta suyaklargacha taqdim etilgan eksponatlarni ko‘rish mumkin.
“Muza”suv osti muzeyi. Kankun, Meksika
Mahalliy flora va fauna ushbu ajoyib suv osti muzeydagi o‘nlab ulkan o‘lchamdagi haykallardan sun’iy marjon riflari sifatida foydalanadi.
Gyermann Burgave muzeyi. Leyden, Niderlandiya
Mutasiya tibbiyot, botanika va fiziologiyada katta kashfiyot bo‘lishidan va inson mutasiyasiga bag‘ishlangan muzeyga aylanishidan oldin, bu bino oddiy shifoxona edi. Endilikda bu muzeyda bankalar, probirkalar va ulardagi turli xil mutasiyalar kolleksiyasini ko‘rishingiz mumkin.
Tezpishar ugra muzeyi. Osaka, Yaponiya
Bu tunnel ko‘rinishidagi yarim sharsimon devorlarda 800 dan ortiq turli paketli makaronlar namoyish etilgan. 2000 yilda Yaponiyada o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovda “Momofuku Ando” tezpishar ugra ixtirosi XX asrdagi yaponlarning asosiy ixtirosi deb topildi.
Meguro parazitologiya muzeyi. Tokio, Yaponiya
Ushbu muzey parazitlar olamidagi 45 mingdan ortiq eksponatlarni, jumladan, maymunning miyasiga singib ketgan miya qurtlari va 792 santimetrli lenta qurti, yer yuzidagi 10 kishidan 3 tasining ichaklarida yashaydigan parazitlarni o‘z ichiga oladi.
Ajralishlar muzeyi. Zagreb, Xorvatiya
Ushbu to‘plamdagi eksponatlar u to‘y libosimi yoki (hatto) bolta bo‘lmasin, har bir element – to‘ydan keyingi muvaffaqiyatsiz munosabatlarning yakuniy bosqichi haqida gapiradi.
Parij kanalizatsiya muzeyi. Parij, Fransiya
Hoh ishoning, xoh ishonmang, kanalizatsiyaga bag‘ishlangan ushbu muzey 1800 yilda Parij kanalizasiyasida tashkil etilgan va u hali ham ishlamoqda. Undagi ko‘plab tarixiy eksponatlar nomsiz va mavzusiz taqdim etiladi.
Britaniya o‘t o‘ruvchilari muzeyi. Sautport, Angliya
Bu muzeyda nafaqat 200 yillik maysa o‘roq mashinalari bor, balki tashrif buyuruvchilarga malika Diana va shahzoda Charlz ishlatgan o‘t o‘ruvchilarni ham sinab ko‘rishga ruxsat beriladi.
Yura davri texnologiyalari muzeyi. Los-Anjeles, Kaliforniya
Muzey nomlanishining dinozavrlarga hech qanday aloqasi yo‘q. Bu yerda ilmiy va badiiy nodir buyumlarning butun to‘plami taqdim etilgan.
Smitson instituti rahbarining so‘zlariga ko‘ra, “boshqalaridan farqli o‘laroq, bunday muzeylar juda muhim, chunki ular ilmiy texnologiyalarning rivojlanish tarixini ko‘rsatish bilan birga odamlarda fanga qiziqish uyg‘otadi”.
Ayrim eksponatlar, masalan, rus itlari Belka va Strelkaning chiriyotgan suyaklari qalbaki bo‘lishiga qaramay, gidlar ularni asl ko‘rinishda taqdim etmoqda. Ko‘rinishidan, muzeyda yana tashrif buyuruvchilar o‘zaro muhokama qiladigan ko‘p narsa borga o‘xshaydi.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.