Dunyodagi g‘ayrioddiy kinoteatrlar
Hozirda odamlarning o‘z uyida qulay sharoit yaratib, kino tomosha qilish imkoniyatlari bor, lekin bunday qulayliklar kinoteatr muhitini yarata olmaydi. So‘nggi yillarda dunyo bo‘ylab g‘ayrioddiy xususiyatlarga ega kino muassasalari tomoshabinlarni jalb qilib kelmoqda.
Electric Cinema
Yuz yillik tarixga ega, ikki urushdan omon qolgan bu kinoteatr Britaniya poytaxtida joylashgan. Qaysidir sabablarga ko‘ra, u 1980 yillarda deyarli yopilgan edi. Aktrisa Odri Xepbern harakatlari tufayli “kinoxona” inqirozdan omon qoldi. Ushbu muassasaning o‘ziga xos xususiyatlari orasida tomosha davomida tashrif buyuruvchining ofisiantdan qaymoqli yoki shokoladli qahva buyurtma qilish imkoniyati bor.
Jakuzi
Londonda jakuzi o‘rnatilgan kinoteatr mavjud bo‘lib, u yerda mehmonlar issiq suvga cho‘milgan holda film tomosha qilishlari mumkin. Bunday kinoteatr o‘zining muntazam tomoshabinlariga ega.
Fox
Oklendda joylashgan 2800 kishini sig‘diradigan bu hashamatli kinoteatr juda ta’sirli o‘lchamlarga ega. 2009 yilda ushbu muassasa rasmiy ravishda AQShning Tarixiy joylar milliy reyestriga kiritilgan va o‘zining dabdabasi bilan hayratda qoldiradi.
Kinoteatr-qahvahona
Gollivuddagi Disney studiyasida ilmiy-fantastik kafe-kinoteatr mavjud bo‘lib, undagi o‘rindiqlar eski mashinalar ko‘rinishida bezatilgan. Bu zaldagi filmlar namoyishi ochiq osmon ostidagi kinoteatrni eslatadi.
Qayiqli kinoteatr
Parijda suv ustida tebranib turadigan qayiqda o‘tirib film tomosha qilishingiz mumkin. Har ehtimolga qarshi tomoshabinlar uchun qutqaruv nimchasi tayyor yoki hatto eshkak kabi rekvizitlar ham berilishi mumkin.
Kinolar shahri
Isroilda har biri o‘ziga xos mavzu va dizaynga ega jami 26 ta kinozalli “shahar” joylashgan. Haqiqatan ham "Kinolar shahri" ta’sirchan hududga ega va zamonaviy xonalaridagi o‘ta real 3D-format uning diqqatga sazovor joyi hisoblanadi.
Yotvolib, kino tomosha qiling
Fransiyada joylashgan Olympia kinoteatri tashrif buyuruvchilari karavotda yotgan holda film tomosha qilishlari mumkinligi bilan ajralib turadi. Tashrif buyuruvchilar an’anaviy va eng keng tarqalgan kursilar o‘rniga jozibali choyshablar bilan qoplangan ko‘rpa-yostiqlarda to‘liq dam olish imkoniyatiga ega. Xohlasangiz kino ko‘ring, xohlasangiz miriqib, dam oling.
B.Muhammadiyeva tayyorladi.