Polsha Xitoy uchun Yevropaga eshigini yopdi

Politico yozishicha, Polsha–Belarus chegarasining yopilishi YeI va Xitoy o‘rtasidagi asosiy savdo yo‘liga kuchli zarba berdi.
Yiliga 25 milliard yevroga baholanadigan temiryo‘l tashuvlari amalda to‘xtab qoldi. «Yangi Ipak yo‘li» orqali o‘tadigan barcha yuklarning 90 foizi Polsha koridori orqali o‘tadi. Oqibatda Pekin va Yevropa o‘rtasidagi butun logistika xavf ostida.
Chegara noma’lum muddatga yopilgan. Polsha Lukashenko rejimiga gibrid hujumlarni to‘xtatish va o‘z fuqarolarini turmalardan ozod qilish talabini qo‘ygan.