1024 nafar samarqandlik bolalarga “Prezident sovg‘asi” keldi
- 27.12.2018 09:51
- 211
- Dolzarb

Bu yil viloyatimizdagi 1024 nafar 3 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan mehribonlik uylari, maxsus maktab-internatlar va SOS bolalar mahallasi tarbiyalanuvchilariga hamda yurtimiz tinchligi va sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlash yo‘lida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar, shuningdek, huquq-tartibot idoralari xodimlarining farzandlariga Prezident sovg‘alari beriladi.
Sovg‘alar ortilgan samolyot karnay-surnay sadolari ostida Qorbobo va Qorqiz ishtirokida kutib olindi. Ushbu sovg‘alar 29 dekabr kuni viloyatimiz tuman va shaharlarda o‘tkaziladigan “Prezident archasi” bayram tadbirlari chog‘ida bolajonlarga tantanali topshiriladi.