Kattaqo‘rg‘onda “Qorbobo” ustaxona eshigini buzib, telefon o‘g‘irladi
- 21.12.2020 18:50
- 529
- Jinoyat va jazo
Joriy yil 11 dekabrdan 12 dekabrga o‘tar kechasi noma’lum shaxs Kattaqo‘rg‘on shahar Qoriravot MFY, Samarqand shohko‘chasida yashovchi fuqaroning uyidan ochilgan telefonlarni sozlash ustaxonasi eshigini buzib, ichkarida bo‘lgan 4.177.200 so‘mlik qo‘l telefonni yashirin ravishda talon-toroj qilib voqea joyidan yashiringan.
IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari natijasida mazkur o‘g‘irlik jinoyatini Kattaqo‘rg‘on tumani Uyshun qishlog‘ida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan E.D. sodir qilganligi aniqlanib, undan “Iphone-7” rusumli telefon ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olingan.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on shahar IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 2 soat avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand