Avtohalokat paytida Call-markazlarga xabar beruvchi “SOS” qurilma Urgutda ishlab chiqarilyapti
- 18.04.2022 16:35
- 176
- Iqtisodiyot
Hozirgi zamonaviy dunyodagi avtomobillar to‘rtta g‘ildirak, motor, boshqaruv rulidan iborat emas. Ularda masofadan boshqariladigan mikrochiplar, turli xil takomillashgan qurilmalar joy olmoqda.
Urgut tumanidagi “UJAM INNOVATE” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan avtomobillarni avtohalokat paytida Favqulodda vaziyatlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklarining Call-markazlariga xabar beruvchi “SOS” qurilmasi ishlab chiqarildi.
Shuningdek, spirtli ichimlik iste’mol qilgan haydovchilarning avtomobil boshqarishini oldini olish va avtohalokatlarni bartaraf etuvchi “Alkotestor” qurilmasi va mini ko‘chma muzlatkich loyihalari amalga oshirildi.
E’tiborlisi, bunday zamonaviy qurilmalar tumandagi "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlar tomonidan yaratilmoqda.
Alisher Norboyev,
Innovatsion rivojlanish vazirligining Urgut
innovatsion hududi bo‘yicha mas’uli.