Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

5 yanvar kuni 25 ta okrugda takroriy ovoz berish o‘tkaziladi

Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi 25 ta saylov okruglarida takroriy ovoz berishni 2020 yil 5 yanvar, yakshanba kuni o‘tkazishga qaror qildi.

23 va 24 dekabr kunlari Markaziy saylov komissiyasi joylardan, okrug saylov komissiyalaridan kelib tushgan barcha yakuniy bayonnomalarni o‘rganib chiqdi.

O‘rganish jarayonida quyidagilar aniqlandi:

Saylov kodeksining 96-moddasiga asosan saylovda ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar yarmidan ko‘pining ovozini olgan nomzod saylangan deb hisoblanadi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarining yakuniy bayonnomalari o‘rganib chiqilganda, 3 ta saylov okrugida saylov natijalarini aniqlash jarayonida arifmetik xatolikka yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

Bular Samarqand viloyati 67-Past Darg‘om saylov okrugi hamda Farg‘ona viloyati 102-Yaypan va 106-Bag‘dod saylov okruglaridir.

Yuqorida qayd etilgan saylov okruglarida nomzodlarning birontasi ham yetarli miqdorda ovoz ololmaganligi sababli mazkur okruglardan deputat saylanmadi.

Mahmud ISTAMOV,

MSK raisi o‘rinbosari.