Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bank xodimlari “Markaziy bank kubogi” bahslariga kirishdi

Markaziy bank Samarqand viloyati bosh boshqarmasi hamda inkassatsiya boshqarmasi tashabbusi bilan bank xodimlari o‘rtasida sportning minifutbol, basketbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat, shashka, badminton, darts va merganlik turlari bo‘yicha “Markaziy bank kubogi - 2020” musobaqalari o‘tkazilmoqda.

Voleybol bo‘yicha tashkil etilgan bahslarda 1-o‘rinni “Turonbank”, 2-o‘rinni “Savdogarbank”, 3-o‘rinni inkassatsiya boshqarmasi jamoalari qo‘lga kiritdi.

Stol tennisining erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan bahslar g‘olibligi “Oriyent finans bank” xodimi Dilshod Yadgarov, “Kapitalbank” xodimi Otabek Turumov hamda inkassatsiya boshqarmasi xodimi Oybek Shoimovlarga nasib etdi.

Sportning darts turi bo‘yicha ayollar bahsida Markaziy bank xodimi Fariza Burxonova, “Infinbank” xodimi Madina Rafiyeva, “Savdogarbank” xodimi Mohichehra Nuriddinovaga teng keladigani topilmadi.