Boris JONSON: Maktablarning, iqtisodiyotning ochiq qolishini xohlaymiz. Buning uchun shifokorlar yo‘riqnomasiga amal qilish lozim

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson mamlakatda koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini boshlanayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “Rambler” nashri xabar bermoqda.
Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusning yangi to‘lqini butun Yevropa bo‘ylab boshlangan.
“Men keng ko‘lamli alohidalashni joriy etishni xohlamayman. Maktablarni ochiq qoldirishni, iqtisodning ochiq qolishini, biznes rivojlanishini xohlaymiz. Bunga erishishning yagona yo‘li shifokorlar yo‘riqnomasiga amal qilish”, dedi Bosh vazir.
U milliy karantin joriy etilishi hech kim istamaydigan so‘nggi chora ekanini qo‘shimcha qildi.