Bugun respublikamiz bo‘ylab “So‘nggi qo‘ng‘iroq” sadolari chalinmoqda

Bugun viloyatimizning shahar va tumanlaridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida "Mening maktabim - mening uyim"  shiori ostida "So‘nggi qo‘ng‘iroq " tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Xususan, Samarqand shahridagi 16-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan tadbirda maktab direktori V.Chaqqonov bitiruvchilarni tabriklab,  kelgusidagi ishlariga omad tiladi.

O‘quvchilar tomonidan she’rlar, kuy-qo‘shiqlar, badiiy sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Tadbirda bir guruh o‘quvchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

"So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbiridan fotolavhalar