Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bulung‘urlik sportchi Yevropa chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi

Yaqinda Italiyaning Bari shahrida parataekvondo bo‘yicha Yevropa ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda dunyoning 42 davlatidan 200 nafardan ortiq parataekvondochilar qatnashdi.
Bahs olib borgan sportchilar orasida -61 kilogramm vazn toifasida tatamiga chiqqan bulung‘urlik Sanjar Muxtorov kumush medali sohibi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, parataekvondochilar nafaqat Osiyo, jahonda bo‘lib o‘tadigan musobaqalarda, balki Yevropa ochiq chempionatlarida ham qatnashib, o‘z reyting ballariga ega bo‘ladi.