Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Buvijonim kiygan liboslar

Samarqand davlat universitetining pedagogika fakultetida ana shu nomdagi ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.
Yoshlarni oilaga tayyorlash, ularni turli yot g‘oyalar va “ommaviy madaniyat” ta’siridan asrash maqsadida tashkil etilgan tadbir avvalida “Oila“ ilmiy-amaliy tadqiqot markazi viloyat boshqarmasi, universitet rektorati mas’ul xodimlari mustahkam va sog‘lom oilani barpo etishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar haqida so‘z yuritdi.

Shundan so‘ng talabalar tanlov shartlari asosida oila bilan bog‘liq an’ana va qadriyatlar, kiyinish madaniyati, ro‘zg‘or tutumi yuzasidan bilim va mahoratlarini namoyish etdi.
– Ushbu tashabbus talabalarimizning o‘zidan chiqdi, – deydi universitet xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Sh.To‘xliyeva. – Nomni ham o‘zlari topdi. E’tiborlisi, bugun talaba-qizlarimiz momolari kiygan liboslar namoyishini o‘tkazib, bunday kiyimlar o‘zlariga ham yarashishini ko‘rsatib berishdi.

G.RAHIMOVA,
SamDU dotsenti.