Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

"Captiva"da qo‘y o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

Joriy yilning 26 fevral kuni Nurobod tuman IIBga tumanning Mehnatkash mahallasida yashovchi 1969 yilda tug‘ilgan N.E. ariza bilan murojaat qilgan.

Unda 2020 yil 26 fevral kuni soat 15:30 larda Nurobod tumani Mehnatkash mahallasi hududidan o‘tuvchi “G‘uzor-Samarqand” avtomobil yo‘li yoqasida qo‘ylarini boqib yurgan vaqtida qo‘ylaridan bir boshini noma’lum shaxs qora rangli "Captiva" rusumli avtomashinasiga yuklab, olib ketganligini bayon qilgan va noma’lum shaxslarni topib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Nurobod tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida Samarqand yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan haydovchi Narpay tumani Oqtosh shahri S.Ayniy ko‘chasida yashovchi 1997 yilda tug‘ilgan E.S. boshqaruvida bo‘lgan "Captiva" rusumli avtomashina to‘xtatilib, tekshirilganida, mashinaning orqa qismiga bir bosh qo‘y ortilganligi aniqlandi va ashyoviy dalil sifatida olindi.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.