Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Cho‘milish va ommaviy dam olish joylarida nimalar taqiqlanishini bilasizmi?

Suvda aholining ommaviy dam olish joylarida dam olayotgan fuqarolarga quyidagilar taqiqlanadi:

 - taqiqlovchi belgilar va «Xavfli»!», «Cho‘milish taqiqlanadi!», «Sho‘ng‘ish (suvga sakrash) taqiqlanadi!» so‘zlari yozilgan joylarda cho‘milish va suvga sakrash;

- to‘sish belgilaridan o‘tib suzish;

- motorli, yelkanli kemalarga, eshkakli kemalarga va boshqa kichik o‘lchamli kemalar yaqiniga suzib borish;

- texnik va ogohlantirish belgilaridan va buyto‘siqlaridan boshqa maqsadlarda foydalanish;

- sakrash uchun moslanmagan inshootlardan hamda chuqurligi va tubining holati noma’lum bo‘lgan joylarda suvga sakrash;

- alkogolli mahsulotlarni iste’mol qilish va mast holatda cho‘milish;

- suvda sho‘ng‘ish va cho‘miluvchilarni ushlab olish bilan bog‘liq o‘yinlarni tashkil etish;

- yolg‘on trevoga signali berish;

- voyaga yetmaganlarni nazoratsiz qoldirish;

- suzish uchun avtomobil kameralari, taxtachalar va shu kabilardan foydalanish;

- plyajlar akvatoriyalarida motorli, yelkanli, eshkakli qayiqlardan, eshkakli va motorli kichik o‘lchamli kemalardan, suv velosipedlaridan foydalanish;

- kuchuklar va boshqa hayvonlarni o‘zi bilan olib kelish, cho‘miltirish, sayr qildirish;

- suv havzalarini iflos qilish, qirg‘oqda axlatlarni qoldirish;

- 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ota-onalar nazoratisiz yakka tartibda cho‘milishi;

- shisha buyumlar yoki boshqa xavfli buyumlarni qoldirish yoki plyaj materialiga ko‘mish;

- ovqat tayyorlash va isitish uchun olovdan foydalanish;

- tovush balandligi 90 dBdan ortiq bo‘lgan kuchli ovoz chiqarish qurilmalaridan foydalanish;

- qonunga zid boshqa xatti-harakatlarni sodir etish.