Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

COVID-19 oqibatida eng ko‘p o‘lim qayd etilgan Yevropa Ittifoqi davlatlari ma’lum qilindi

So‘nggi 14 kun ichida Yevropa Ittifoqida (YeI) 100 ming kishiga nisbatan hisoblanganda koronavirus sababli qayd etilgan o‘lim holatlarining aksariyati Chexiyada qayd etildi – 23.4 kishi, ikkinchi o‘rinda Belgiya – 22.1 kishi va uchinchi o‘rindan joy egallagan Bolgariyada 17.2 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda 23 noyabr kuni Yevropa kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish markazi (ECDC) ma’lumotlariga tayanib, Chexiya sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

“So‘nggi haftalarda Chexiya YeI davlatlari orasida bir kecha-kunduzdagi  COVID-19 bilan yangi kasallanish soni ko‘rsatkichi bo‘yicha birinchilikni “boy berdi”. Ammo ECDC ma’lumotiga ko‘ra, respublika so‘nggi 14 kun ichida 100 ming kishiga nisbatan hisoblanganda, koronavirusdan vafot etganlar soni bo‘yicha 23.4 ko‘rsatgichi bilan YeIda yetakchi bo‘lib qolmoqda. Keyingi o‘rinlarni Belgiya – 22.1 kishi, Bolgariya – 17.2 kishi, Polsha – 14.3 kishi va 14.0 kishi ko‘rsatgichi bilan Sloveniya egallab turibdi”, deyilgan xabarda.

5 oktyabr sanasidan boshlab Chexiyada jamoat hayotini jiddiy cheklovchi favqulodda holat joriy etilgan. 19 noyabr kuni mamlakat parlamenti cheklov choralarini 12 dekabrga qadar uzaytirdi.