Dam olish kunlari -5 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, shanba va yakshanba kunlari ob-havo o‘zgarishi kutilmoqda. Iliq havo oqimi o‘rnini Volgabo‘yi hududidan kiradigan salqin va nisbatan nam havo oqimi egallaydi.
Ayrim joylarda kuchsiz yog‘ingarchilik kuzatiladi. Respublikaning tog‘li tumanlarida vaqti-vaqti bilan kuchli qor yog‘ishi mumkin.
Shu kunlarda sinoptiklar haroratning kechasi 0...-5 darajagacha, kunduzi esa 0...+5 darajagacha pasayishini prognoz qilmoqdalar, bu harorat kun me’yorlaridan 2-4 darajaga pastdir.