Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ertaga Toyloq tumanida o‘quv mashqi o‘tkazilishi tufayli viloyat IIB aholini xavotirga tushmaslikka chaqiradi

Samarqand viloyat IIB matbuot xizmati, ertaga Toyloq tumanida IIB, Mudofaa vazirligi qo‘shinlari va Milliy gvardiya bilan hamkorlikda o‘quv mashg‘uloti o‘tkazilishi haqida ma’lum qildi va o‘quv  mashg‘uloti munosabati bilan aholini behudaga xavotirga tushmaslik haqida ogohlantirdi.

"2019 yil 11-13 iyun kunlari Toyloq tumanida IIB,  Mudofaa vazirligi qo‘shinlari va Milliy gvardiya bilan hamkorlikda amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkaziladi.

Shu sababli fuqarolardan  sababsiz xavotir olmasliklarini iltimos qilamiz", deyiladi viloyat IIB matbuot xizmati bergan xabarda.

P.S.: Shu jumladan biz ham, viloyat aholisini Toyloq tuman hududidan o‘z avtomashinalarida chiqib ketayotgan yoki kirib kelayotganda o‘quv mashqini ko‘rib behudaga xavotirga tushmasliklarini va vahima ko‘tarmasliklarini so‘raymiz.