Farzandini hojatxonaga tashlab ketgan ayolga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
- 08.07.2019 12:39
- 453
- O‘zbekiston
2019 yil 02 iyul kuni soat 15:00larda fuqaro F.T. (1999 yilda tug‘ilgan) Denov tumani, Lolazor mahallasidagi “Habibobod” bozori hududida joylashgan ayollar hojatxonasida qiz bola chaqaloqni tug‘ib, hojatxona ichiga tashlab ketgan.
Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, undan keyin hojatxonaga kirgan ayol chaqaloq yig‘isini eshitib, odamlarni yordamga chaqirgan. Natijada chaqaloq qutqarib qolinib, kasalxonaga joylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Denov tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro F.T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 25, 99-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Sog‘liqni saqlash vazirligi chaqaloqning ayni vaqtdagi holati haqida ma’lumot bergan edi.
Teglar:
chaqaloq
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Xantavirus qanday kasallik?
- Kecha, 10:07
- Salomatlik
Jurnalistikada tezkorlik muhimmi yoki haqiqat?
- 28/05, 20:58
- Jamiyat
To‘yga ko‘p kelgani yaxshimi yoki kim kelgani?
- 28/05, 11:48
- Mutolaa
Shohona satrlar sohibi Ubaydiy haqida bilasizmi?
- 28/05, 10:49
- Mutolaa
Alimentni oldindan to‘lash mumkin
- 28/05, 10:47
- Jamiyat