Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Gonkongliklar yomg‘ir tomchilaridan elektr energiyasi olmoqchi

Gonkonglik muhandislar yomg‘ir tomchisidan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan generator yaratishdi. Generatorni tom ustiga xohlasangiz soyabon ustiga o‘rnatishingiz mumkin.

Tajriba shuni ko‘rsatdiki, 15 santimetr balandlikdan tushayotgan bir tomchi suv hosil qiladigan kuchlanish yuzlab kichkina svetotsidlarni yoqishi mumkin.

Gap shundaki, generator sirtiga qoplangan politetraftoretilen – teflon plyonka yomg‘ir tomchilari ishqalanishi natijasida elektr zaryadi hosil qiladi. Yilning yomg‘ir tinimsiz yog‘adigan oylarida bu generator misoli abadiy dvigatelga aylanadi.

T.ShOMURODOV tayyorladi.