Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Gurbanguli Berdimuhamedov Toshkentga keldi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov amaliy tashrif va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakatimizga keldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Oliy martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Prezidentlar bugun ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladi.

Uchrashuv chog‘ida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalarda qo‘shma loyihalar amalga oshirilishining borishi, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.

Ma’lumki, Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining maslahat uchrashuvlarini muntazam o‘tkazish tashabbusi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017 yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surilgan edi. Birinchi sammit o‘tgan yilning mart oyida Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tdi.