Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zgidrometning xabar berishicha, bugun respublikamizning katta qismida ob-havo yog‘ingarchiliksiz, harorat 5-10 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Biroq kechga borib, Volgabo‘yi hududlaridan nam va sovuq havo oqimi kirishi munosabati bilan ob-havo sharoitlari o‘zgaradi. Bulutlar ko‘payib, tunda mamlakatimizning shimoliy tumanlaridan tashqari, qolgan hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) yog‘adi.

Bunday sharoit ertaga kun bo‘yi davom etadi. Ertaga havo harorati kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Ish haftasining o‘rtasida sovuq havo oqimining ta’siri, ayniqsa, kechasi hali sezilib turadi. Tungi harorat 1-3 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi quyosh payshanbaga kelib haroratni 10-15 darajagacha ilitadi.

Ish haftasining oxirida ob-havo yana aynishni boshlaydi. Juma kuni mamlakatimiz hududining katta qismida yomg‘ir yog‘adi, shimoliy tumanlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari hamda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Tungi harorat 0-5 daraja iliqqacha ko‘tariladi. Kunduzi 10-15 daraja atrofida bo‘ladi. Bunday harorat oyning shu davri uchun xos bo‘lgan o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan bir oz yuqori.