Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Hozir: Samarqand shahrida ommaviy yurish xayriya marafoni bo‘lib o‘tmoqda

Bugun erta tongda Samarqand shahrida ommaviy yurish marafoni bo‘lib o‘tmoqda. Bu galgi marafon xayriya marafoni bo‘lib, ishtirokchilar viloyat musiqali drama teatri oldidagi maydondan Bo‘stonsaroy, Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari orqali “Dinamo” stadionigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tishdi. 

Bu galgi marafonda 30 mingdan ortiq odam ishtirok etmoqda.

Xayriya marafonidan tushgan pullar bemor va nogironligi bo‘lgan bolalarni davolashga sarflanadi.

Ommaviy yurish marafonidan fotolavhalar