Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Hozir: Samarqandda Oliy Majlis Senatiga a’zolarni saylash bo‘yicha qo‘shma majlis boshlandi. Xo‘sh, kimlar senator bo‘ladi?

Samarqand shahridagi Yoshlar markazida xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlarining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga a’zolarni saylash bo‘yicha qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda mahalliy kengashlar deputatlari, faollar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etmoqda.

Dastlab O‘zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi yangradi. Shundan so‘ng qo‘shma majlisni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Xudoyor Mamatov ochdi va Saylov kodeksiga muvofiq saylovni o‘tkazish tartib-tamoyillari haqida atroflicha tushuntirish berdi.

Qo‘shma majlis raisligiga 6-Mehrobod saylov okrugidan viloyat kengashi deputati Suhrob Rafiqov nomzodini taklif etdi. Taklif bir ovozdan ma’qullandi.

Bizni kuzatib boring, qo‘shma majlis tafsilotlari bilan tanishtirib boramiz.