Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Invest in Samarkand” forumi ishtirokchilariga viloyatdagi yirik korxonalar faoliyati tanishtirilmoqda

Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan “Invest in Samarkand” I xalqaro investitsiya forumi ishtirokchilari - xorijlik sarmoyadorlar “Sam Antep Gilam” qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur ikki kunlik forumda dunyoning 30 yaqin mamlakatidan 200 nafardan ziyod investorlar, hukumat a’zolari, vazirliklar va idoralar rahbarlari, xalqaro moliya institutlari, savdo-sanoat palatalari, bank, turistik tashkilotlar, diplomatik vakolatxonalar vakillari hamda tadbirkorlar qatnashishi ko‘zda tutilgan.

Anjuman doirasida ishtirokchilarni Samarqand viloyatidagi yirik ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishtirish rejalashtirilgan.

T.SIDDIQOV.