Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

JSST COVID-19 ni davolash uchun ommabop doridan voz kechishni tavsiya qildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) xalqaro ekspertlar guruhi xulosaciga ko‘ra, COVID-19 ni davolashda virusga qarshi ommabop dori - remdesivir preparatini qo‘llashni tavsiya etmaydi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

“Remdesivir kasalligi og‘irligidan qat’i nazar, kasalxonada davolanuvchi COVID-19 bilan xastalangan bemorlar uchun mo‘ljallanmagan", deya ta’kidladi JSST tashkiloti mutaxassislari.

Ularning ma’lumotiga ko‘ra, hozirda preparat hayotni asrash yoki o‘pka ventilyasiyasiga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirishi haqida dalillar yo‘q. Dunyoda remdesivir og‘ir koronavirusni potensial davolash usuli sifatida qo‘llaniladi. Ammo uning klinik amaliyotdagi o‘rni "noaniq” bo‘lib qolmoqda.

Tashkilot mutaxassislari tavsiyalar tuzishda yetti mingdan ziyod bemorni qamrab olgan to‘rtta xalqaro sinov natijalarini hisobga olishdi. Ma’lum bo‘lishicha, preparat o‘lim darajasini kamaytirish yoki bemor uchun boshqa muhim natijaga erishishda sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi.

19 noyabr kuni «Sputnik V» koronavirusga qarshi mahalliy vaksina ishlab chiqaruvchilari JSSTga sertifikat olish uchun murojaat qilishdi. Tashkilotning Rossiyadagi vakili Melita Vuinovichning aytishicha, JSSTda koronavirus o‘lim holatlari va tegishli statistika shaffofligi xususida Rossiya ma’lumotlariga hech qanday savollar bo‘lmadi.

2020 yil may oyida Rossiya Federatsiyasi sog‘liqni saqlash vazirligi COVID-19 uchun birinchi dori - Favipiravirni ma’qulladi. 14 oktyabrda mahkama koronavirusga qarshi yana ikkita dori - import qilingan va mahalliy remdesivirni tasdiqlagan edi.

G.Xoldorova tayyorladi.