Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kattaqo‘rg‘on tumanida zo‘rlangan o‘smir bo‘yicha rasmiy bayonot berildi

2021 yil 2 yanvar kuni 2004 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan P.E. Kattaqo‘rg‘on tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda fuqaro I.S. o‘zining “Matiz” rusumli avtomashinasida uni Kattaqo‘rg‘on shahar Chinobod mahallasi hududiga olib borib, zo‘rlik ishlatib nomusiga tekkanligini, shuningdek, fuqaro S.R. “VAZ-2106” rusumli avtomashinasida uni Kattaqo‘rg‘on tumani hududida joylashgan “Suv ombori” hududiga olib borib, zo‘rlaganligini aytib, ularga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruvga kirishilib, voqea joyi ko‘zdan kechirilgan, ishga aloqador shaxslarning ko‘rsatuvlari olinib, voyaga yetmagan P.E.ning tanasida tan jarohatlariga aniqlik kiritish maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertiza tayinlangan.

Ishda to‘plangan dalillarga asosan Jinoyat kodeksining 118-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda jinoyat ishi yuzasidan hududiy tegishliligi bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, P.E.ning arizasida ko‘rsatilgan fuqaro S.R. 2021 yil 13 yanvar kuni o‘zining Kattaqo‘rg‘on tumani Saroyqo‘rg‘on mahallasida joylashgan uyida vafot etganligi aniqlangan.

Fuqaro S.R.ning o‘lim sabablarini aniqlash yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.