Maktablarni “tekshirayotgan”lar ko‘makka borgan Respublika ishchi guruhi

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘qituvchilar faoliyatini tekshirayotgan guruh haqida video tarqalgandi. Holatga Xalq ta’limi vazirligi munosabat bildirdi.
Prezidentimiz ta’lim tizimida belgilab bergan ustuvor vazifalar ijosini o‘rganish hamda o‘quvchilar o‘rtasida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida Respublika ishchi guruhlari hozirda viloyatlarda faoliyat yuritmoqda.
Mazkur video Toshkent viloyatida o‘z faoliyatini olib borayotgan ishchi guruh a’zolari ekanligi aniqlandi. Ishchi guruhning ba’zi a’zolari ularga qo‘yilgan vazifalar nima ekanligini tushunmaganga o‘xshaydi.
Prezidentimiz qo‘ygan vazifalarga ko‘ra, ishchi guruh joylarda maktabga borib, ta’lim sifatini o‘rganishi hamda vaziyatni yaxshilash bo‘yicha ko‘mak berishi lozim.
Ishchi guruh vakillari yurtboshimiz topshirig‘iga asosan maktablarga yordam berishi kerak. Aksincha, noqonuniy tekshiruvlar ularning vakolatiga kirmaydi. Ishchi guruh vakillari maktablardagi vaziyat va ta’lim sifatini oshirishga ko‘mak bera olmasa, hech bo‘lmasa, maktab xodimlariga xalaqit bermasliklarini so‘raymiz.