Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ma’muriy sudlar 14 milliard so‘mlik jarima tayinlagan

Tayinlangan jarima jazolarining qariyb 8,5 milliard so‘mi ixtiyoriy ravishda to‘langan.

Bu haqda viloyat ma’muriy sudi raisi Botirali Diyorov aytib o‘tdi.

Ma’muriy sudlarga kelib tushgan 132 ta ishdan 235 nafar huquqbuzarga harakatida jinoyat alomatlari bor-yo‘qligiga baho berish uchun prokuratura idoralariga yuborilgan. Shuningdek, 2161 nafar shaxsga nisbatan surishtiruv davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf qilish uchun 1315 ta ish surishtiruv organiga qaytarilgan. 5 ta shaxsga nisbatan yuritilgan 4 ta ish voyaga yetmaganar ishlari bo‘yicha komissiyaga yuborilgan.

Hisobot davrida viloyat, tuman ma’muriy sudlari tomonidan 27 ming 929 nafar shaxsga nisbatan 21 285 ta ish birinchi instansiyada ko‘rib, tamomlangan.

Tahlillarga ko‘ra, transport vositasida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanishga oid ishlarda 2756 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,5 ofizga ko‘paygan.