Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Marhum qahramon askar oilasi hamda Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi holidan xabar olindi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Samarqand shahar hokimi B.Obloqulov, shahar mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik U.Dovurov, “Nuroniy” jamg‘armasi shahar bo‘linmasi rahbari A.Muhiddinov hamda bir guruh faollar harbiy xizmatni o‘tash vaqtida qahramonlarcha halok bo‘lgan askar Sayyor Sa’dinovning Navbahor mahallasidagi xonadonida bo‘lib, uning oilasi holidan xabar olishdi.

Shundan so‘ng ular Bog‘i Temur mahallasida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Mixail Kalmagorovning xonadoniga tashrif buyurishdi. Mehmonlar urush va mehnat faxriysini muhim sana qutlab, bayram sovg‘alari topshirdi.