Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Mevalarning shifobaxsh va foydali xislati

Olma

Olma qon tarkibidagi xolesterin miqdorini pasaytirish xususiyatiga ega. Uning po‘stlog‘i saraton kasalligini oldini olishda foydali hisoblanadi. Olmani po‘stlog‘i bilan yeyishga harakat qiling. Bu tarzda iste’mol qilish orqali organizmga kversetin va vitamin S kiradi.

Tarvuz

Tarvuz tarkibida oziq moddalar bilan birga V 1, V 2, S, RR vitaminlari, karotin, qand mavjud. Ular organizmda moddalar almashinuvi va ovqat hazm qilish tizimini yaxshilash imkonini beradi. Issiq kunlarda ko‘p miqdorda tarvuz yeyish orqali ortiqcha vazn muammosidan qutulish mumkin.

Banan

Banan sportchilarning mevasi hisoblanadi. Chunki u insonga energiya bag‘ishlash xususiyatiga egadir. Sport maydonchasida bir yarim soat tinimsiz shug‘ullanish uchun ikkita banan yeyish kifoya qilar ekan. Buni tadqiqotlar ko‘rsatmoqda. Uning tarkibida V 6 vitamini mavjud bo‘lib, u qondagi glyukoza miqdorini me’yorlashtirib, kayfiyatni yaxshilaydi. Banan kamqonlikda yordam beradi. Kaliy moddasi yurak faoliyatini va organizmdagi suv balansini yaxshilaydi.

Yoz faslida ko‘pchilikni chivin chaqib, bezovta qiladi. Bu paytda qiynalmaslik uchun banandan samarali foydalaning. Chivin chaqqandan so‘ng banan po‘stlog‘ini qo‘yish kerak.

Nok

Uning tarkibida ko‘p miqdorda qand, ferment, mikroelementlar (misol uchun yod) va V 1, R, RR vitaminlari mavjud. Shu bois, nok sharbati tanaga foydali hisoblanadi. Nok yaralarni tez fursatda bitishiga yordam beradi. Haroratni tushirish xususiyatiga ham ega. Nok tarkibidagi kaliy yurak faoliyatini yaxshi ishlashini ta’minlaydi. Nok yod moddasiga boy bo‘lib, qon tomirlari faoliyatini yaxshilanishiga yordam beradi. Nok mevasi ichak faoliyatini yaxshilab, bakteriyalarga qarshi kurashish xususiyatiga ham ega. Uning hidi qancha xushbo‘y bo‘lsa, shuncha foydalidir.

Olxo‘ri

Olxo‘ri temir moddasiga boydir. Olxo‘ri, ayniqsa, jig‘ildon qaynaganda, ichak faoliyatidagi keraksiz moddalarni chiqarishda yordam beradi. Shu bilan birga, ateroskleroz, bod (revmatizm) kasalligida foydalidir.