Samarqand shahrida yillik quvvati 492 ming tonna mahsulot tayyorlaydigan, 1200 ish o‘rinli agrologistika markazi tashkil etiladi

Vazirlik axborot xizmati xabariga ko‘ra, “Rungis Semmaris” kompaniyasining ishtiroki bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekistonda va Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan, yuqori xalqaro standartlarga muvofiq, sakkizta yirik agrologistika markazlar tarmog‘ini yaratish va boshqarish loyihasi amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Har bir agrologistika markazida barcha zarur ob’yektlar jamlanadi. Bular: kross-doklar, savdo pavilonlari, mehmonxonalar, tijorat banklari hamda xizmatlar, saralash, kalibrlash, quritish, qayta ishlash, saqlash, tashish, yetkazib berish, bojxona rasmiylashtiruvi, karantin, oziq-ovqat xavfsizligini sertifikatlash, mutaxassislar maslahatlari boshqalar jamlanadi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, sakkizta agrologistika markazlari bazasida qariyb 10 mingga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Aynan 70-100 gektar (yillik quvvati 760 ming tonna) bo‘lgan Toshkent agrologistika markazi hududida 3 mingdan ortiq ish o‘rinlari, maydoni 22 gektar bo‘lgan Samarqand shahar agrologistika markazida (yillik quvvati 492 ming tonna) 1200 ta ish o‘rinlari hamda 18 gektar maydonni egallagan (yillik quvvati 410 ming tonna) Andijon agro markazida 1200 ish o‘rinlari, 15 gektar maydonni egallaydigan Buxoro agro markazi (yillik quvvati 200 ming tonna), shuningdek, 10 gektar maydonga ega Xorazm agro markazi (yillik quvvati 200 ming tonna) negizida 680 tadan ish joyini tashkil etish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, Farg‘ona viloyatidagi 15 gektar maydondagi agro markazda (quvvati 300 ming) va Surxondaryo viloyatidagi 20 gektarlik agro markazda (yillik quvvati 300 ming tonna) 800 tadan ish o‘rinlari yaratiladi.