Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Nogironligi bo‘lgan shaxslar e’tiborda

Nurobod tumanida Xalqaro nogironlar kuniga bag‘ishlagan tadbir o‘tkazildi.

Tumanda 2000 nafarga yaqin nogironligi bo‘lgan shaxslar istiqomat qilib, joriy yilning o‘tgan davrida ularning 75 nafariga bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatildi, 114 nafariga maxsus uskunalar –  52 dona aravacha, 20 ta eshitish moslamalari, 42 ta hassa-tayoq yetkazib berildi. Shuningdek, o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz nogironlarning 3 nafari yil davomida 6 million 248 ming so‘mlik 15 turdagi oziq-ovqat va gigiyena tovarlari bilan ta’minlandi. 6 nafar nogiron shaxslargi uy-joy berildi.

Madaniy tadbir davomida nogironligi bo‘lgan shaxslarga bayram dasturxoni yozilib, ularga homiy tashkilotlarning bayram sovg‘alari topshirildi.

Nurobod tumani hokimligi axborot xizmati.