Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Nuqtai nazar: Yer kimniki?

Vazifam taqozosiga ko‘ra, turli toifadagi aholi bilan suhbatlashishga to‘g‘ri keladi. Muloqotimiz ba’zan savol-javob shaklida o‘tadi.

Yer kimning mulki?

Aksariyat suhbatdoshdan "davlatniki", degan javobni eshitaman. Konstitutsiyamizning 55-moddasida “Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir”, deya qayd etilgan bo‘lsa-da, ko‘pchilik asosiy qonundagi bu aniqlikka yetarli e’tibor bermaydi yoki umummilliy boylik  o‘ziga ham tegishli ekanini teran anglamaydi. Yerni "davlatniki" deyish  u aholining ma’lum qismiga tegishli, deyish bilan barobar.

Bunday tushuncha borligi ba’zilarning yerga munosabatida – undan samarasiz foydalanishda yoki umuman begona mulk sifatida qarashida namoyon bo‘lmoqda. Umummilliy mulk bo‘lgan barcha tabiiy boyliklar mutlaq o‘ziniki ekanini xalq tushunib yetmas ekan, ulardan to‘laqonli va samarali foydalanish masalasi haminqadar bo‘lib qolaveradi. 

Xurshid NURULLAYeV.