Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlarni bilasizmi?

Quyidagi abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda imtiyozga ega:

- Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarining farzandlari;

- Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar g‘oliblari bo‘lgan bitiruvchilar;

- Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari;

- «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti sohiblari;

- «Yilning eng yaxshi tarbiyachisi» respublika tanlovi g‘oliblari;

- Tibbiyot muassasalari hamshiralarining «Hamshira» respublika tanlovi g‘oliblari;

- Badiiy akademiyaning tasviriy san’at bo‘yicha respublika tanlovi g‘oliblari;

- «Nihol» mukofoti sovrindorlari;

- O‘zbekiston yoshlar ittifoqining respublika komissiyasi bergan tavsiyanoma sovrindorlari (pedagogika yo‘nalishlariga);

- To‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalar;

- Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni o‘tab, harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlar;

- Chet tilini bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi V1 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega abituriyentlar;

- Harbiy qism qo‘mondonligi va Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tavsiyanomasiga ega bo‘lganlar.