Ona tilim – jon tilim

Jomboy tumanidagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinganining 30 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ishtirok etgan mahalla faollari, faxriy o‘qituvchilar O‘zbekiston taraqqiyotining bugungi yangi bosqichi - milliy yuksalish davri talablaridan kelib chiqib, ona tilimizning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidlashdi.
Maktab o‘quvchilari tomonidan sahnalashtirilgan tomoshalar, ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar tadbirga zavq bag‘ishladi.

Zulxumor RASHIDOVA.