Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekistonda o‘nlab gaz to‘ldirish shoxobchalari faoliyati to‘xtatildi

“O‘zneftegazinspeksiya” mutaxassislari tomonidan respublikada joylashgan 60 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida (AGTKSh) nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbirlar natijasida bir qator qo‘pol qoida buzish holatlari aniqlandi. Jumladan, 220 kg/sm2 bosim ostida avtomobillarning gaz bilan to‘ldirilishi, nazorat posti bilan ta’minlanmaganligi, gaz ballonlarga tegishli hujjatlarning ko‘zdan kechirmasligi va insonga xavf keltiradigan bir qator boshqa qoidabuzarliklar to‘g‘risida xabar qilinmoqda.

Bu kabi qoidabuzarliklar aniqlanganligi sababli, nazorat tadbirlari o‘tkazilgan 60 ta AGTKShlardan 13 tasining ish faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilgan.