Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Past Darg‘omdagi chiqindi konteynerlari kattasiga almashtiriladi

Kecha, 8 yanvar kuni Zarnews.uz telegram kanalida Past Darg‘om tumanidagi Go‘zalkent qo‘rg‘oni, Olti qahramon mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning “Hududdagi “Yoshlar uyi” oldiga o‘rnatilgan chiqindi qutilari allaqachon to‘lib bo‘lgan bo‘lsa-da, mutasaddilar yig‘ilgan chiqindilarni olib ketmayotgani” holati bo‘yicha tanqidiy fikrlari e’lon qilingandi.

Mazkur hududdagi muammo "Toza hudud" DUK tuman filiali mutasaddilari tomonidan o‘rganilib, kechaning o‘zida yig‘ilgan chiqindi olib chiqildi.

Eslatib o‘tamizki, ushbu hududan 2019 yilning 30 dekabr kuni chiqindi olib ketilgan. Faqat o‘rganishlarda ma’lum bo‘lishicha, o‘rnatilgan 2 ta chiqindi konteyneri 4 ta ko‘p qavatli uyga kichiklik qilmoqda. Tez kunlarda hududga kattaroq, usti yopiladigan chiqindi konteynerlari o‘rnatiladi.

Uylardan chiqadigan oqava suvlarni tozalash uchun esa shartnoma imzolanadi.

"Toza hudud" DUK Past Darg‘om tumani filiali.