Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Pastdarg‘omliklar viloyatda eng ko‘p - 45 ming tonnalik paxta xirmonini bunyod etdi

Past Darg‘om tumani viloyatimiz paxtachilik tarmog‘ida eng muhim hududlardan biri hisoblanadi. Joriy yilda tumandagi 311 fermer xo‘jaligi 16 ming 949 gektar maydonda g‘o‘za parvarishlashdi.

Paxta klaster korxonasi tomonidan xo‘jaliklarga o‘z vaqtida moliyaviy ko‘mak berilib, mineral o‘g‘it bilan ta’minlandi. Muddatida o‘tkazilgan agrotexnik tadbirlar tufayli mo‘l hosil yetishtirildi. Paxta yig‘im-terim mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida tumanda 373 ta terim otryadlari tashkil etilib, klaster korxonasi va fermer xo‘jaliklaridan 30 mingga yaqin ishchi hamda ko‘ngilli terimchilar jalb etildi.

Qilingan mehnat o‘z samarasini berdi. Tuman paxtakorlari qariyb 45 ming tonnalik hosilni yig‘ishtirib oldi va viloyatdagi eng ulkan paxta xirmonini yaratdi.

Past Darg‘om tumani hokimligi axborot xizmati.