Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Prezident maktablari o‘qituvchilar uchun tanlov e’lon qildi

Respublikaning beshta shahrida tashkil etilgan Prezident maktablari malakali o‘qituvchilarni fanlar bo‘yicha tanlov asosida ishga oladi. Ular talablarga javob bergan taqdirdagina tanlovdan o‘tishlari mumkin. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Toshkent, Namangan, Nukus va Xiva shaharlaridagi Prezident maktablari g‘ayratli, ijodkor, o‘z kasbining fidoyisi, zamonaviy o‘qitish uslublarini amalda qo‘llay oladigan, salohiyatli mutaxassislarni tanlovda ishtirok etishga taklif qilmoqda.

Prezident maktablariga tanlov uchun onlayn arizalar 2019 yil 20 iyulga qadar qabul qilinadi.

O‘qituvchilar quyidagi fanlar bo‘yicha tanlab olinadi:

Matematika;

Informatika va AT;

Fizika va astronomiya;

Kimyo;

Biologiya;

Geografiya, iqtisodiyot, tadbirkorlik asoslari;

Musiqa/drama;

Tasviriy san’at;

Texnologiya;

Ona tili va adabiyoti;

Rus tili (o‘zbek sinflar uchun);

O‘zbek tili (Qoraqalpog‘iston uchun);

Ingliz tili (IELTS-7.0/ TOEFL IBT - score 101/ TOEFL Paper based - score 587 xalqaro sertifikatlari talab etiladi);

Nemis tili;

Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari majmuasiga kiruvchi fanlar;

Tarix (Jahon tarixi, O‘zbekiston tarixi, Din tarixi, Davlat va huquq asoslari);

Jismoniy tarbiya;

Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash;

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lishi;

chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash fani o‘qituvchisiga – o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot yoki pensiya olish huquqi bilan zaxiraga bo‘shatilgan harbiy ofitser;

kamida ikkinchi malaka toifasining mavjudligi;

umumta’lim muassasalarida 5 yildan kam bo‘lmagan pedagogik ish tajribasiga egaligi;

o‘zbek/qoraqalpoq (Qoraqalpog‘iston uchun) tillarida savodli yozma va og‘zaki nutqqa egaligi, ingliz tilini bilishi;

kompyuter texnologiyalarini va o‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;

tashkilotchilik qobiliyati, ijodiy tafakkurga egaligi;

bolalar va katta yoshdagilarning yosh va shaxs bilan bog‘liq psixologiyasini bilishi;

ravon nutq madaniyati;

shaxslararo munosabatlarni o‘rnatish qobiliyati;

yakka tartibda va jamoada ishlash qobiliyati;

tashabbuskorlik, stressga chidamliligi;

so‘nggi 5 yil davomida «Yil o‘qituvchisi» ko‘rik-tanlovining Respublika, viloyat sovrindorlari bo‘lishi maqsadga muvofiq.