Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Prokuratura organlari xodimlari kasb bayramini nishonladi

Samarqand viloyat prokuraturasida Prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.

Unda viloyat, shahar va tumanlar prokuraturalari, harbiy prokuratura, Bosh prokuratura huzuridagi departament, majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi xodimlari hamda sohada ko‘p yillar mehnat qilgan faxriylar ishtirok etdi.

Videoselektor tarzida o‘tgan tadbirda respublika Bosh prokurori N.Yo‘ldoshev tizimda faoliyat olib borayotgan soha xodimlarini bayram bilan tabriklab, qonunlar ijrosi ustidan nazorat olib borish, shu maqsadda sohani tubdan isloh qilish bo‘yicha tizimda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilgani, soha xodimlarining faoliyati xalq manfaatlariga xizmat qilishga yo‘naltirilayotganini ta’kidladi.

Shuningdek, tadbirda qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlashda soha xodimlari zimmasidagi mas’uliyat yanada ortgani qayd etildi.

– Fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoyalash, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilish borasidagi faoliyat izchil takomillashdi, – dedi viloyat prokurori F.Zufarov. – Soha xodimlarining xalq bilan bevosita muloqot olib borish, ularning muammolarini joyida hal etish imkoniyatini oshirdi.  Shu bilan birga, bu ishlarni bajarishda viloyat prokuraturasi tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlardan katta mas’uliyat, fidoyilik, halollik talab etiladi.

Shuningdek, tadbirda bir guruh soha xodimlari Bosh prokuror hamda viloyat hokimligining faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tadbirda viloyat hokimi E.Turdimov ishtirok etdi.

Baxtiyor MUSTANOV.