Hokimlarning 110 ta qarori bekor qilingan
2021 yilning ikkinchi yarmida prokurorlar tomonidan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga 391 gektar yer, 53,5 milliard so‘m kredit, 2,7 milliard so‘m ish haqi, 18 tonna urug‘lik chigit, 10,3 tonna mineral o‘g‘it, 43 tonna neft mahsulotlari, 46 million so‘mlik ehtiyot qismlar va 18 dona texnika olinishida amaliy yordam ko‘rsatilgan.
Nazorat tadbirlarida 41 tonna neft mahsulotlari, 500 kilogramm mineral o‘g‘it, 55 million so‘mlik byudjet va 250 million so‘mlik kredit mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlanib, qonuniy choralar ko‘rilgan.
O‘tkazilgan xatlovlarda 1092 gektar ekin maydoni noqonuniy ajratilgani, 243 gektar yer o‘zboshimchalik bilan egallab olingani, 103 gektar yerda binolar noqonuniy qurilgani aniqlangan.
Hokimlarning 1092 gektar yer maydonini ajratish to‘g‘risidagi qonunga zid 110 ta qarorlari bekor qilindi. Ekin maydonlarida noqonuniy qurilgan 155 dan ortiq ob’yekt buzdirildi, 57 ming gektar yer davlat zaxirasiga qaytarildi.
Qonunni buzgan 51 nafar mansabdor shaxs intizomiy va ma’muriy javobgarlikka tortildi, yerni talon-toroj qilish bilan bog‘liq 55 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, aybdor shaxslarning javobgarlik masalasi hal qilindi.
Talon-torojga yo‘l qo‘yilmaydi
Haq to‘lanadigan jamoat ishlari uchun ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi ahvoli o‘rganilganda, Samarqand shahar va Kattaqo‘rg‘on tumanida 3 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ talon-toroj qilinganligi aniqlangan.
Umuman, 11 holatda 1 milliard 772 million so‘m ish haqi talon-toroj qilingani, hisobotlarga 580 dan ortiq ish o‘rni qo‘shib yozilgani aniqlanib, qat’iy choralar ko‘rilgan.
Qonunbuzarliklar uchun chora qo‘llash muhim, albatta. Shu bilan birga, ularning tub sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish birinchi galdagi vazifa hisoblanadi. Shu bois o‘tkazgan barcha nazorat tadbirlarida tizimli kamchilik va qonunbuzarliklarni bartaraf etish haqida 1574 ta taqdimnoma kiritilib, 2920 ta protest keltirilgan. Jami 4282 nafar mansabdor shaxs ma’muriy hamda intizomiy javobgarlikka tortilib, fuqarolar manfaatlarini ko‘zlab, sudlarga 48 milliard 300 million so‘mni undirish to‘g‘risida 1526 ta da’vo ariza kiritilgan. Qo‘pol qonun buzilishi holati yuzasidan 299 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va 4896 nafar fuqaroning buzilgan huquqlari tiklanishi ta’minlangan.