"Damas" va "Cobalt"da yangilanishlar kutilayotgani haqida xabar berildi

UzAuto Motors o‘zining eng xaridorgir ikki avtomobili – "Chevrolet Damas" va "Cobalt" avtomobillari borasida kutilayotgan yangiliklar haqida ma’lum qildi.

"Damas Move", "Damas Max", "Cobalt Style MCM" va "Cobalt Midnight MCM" nomli yangi komplektatsiyalar sotuvi boshlanishi kutilmoqda. Ularni ishlab chiqarish avval mavjud bo‘lgan versiyalar sotuvini to‘xtatmagan holda yo‘lga qo‘yiladi. O‘zgarishlarga uchragan "Damas"ning o‘lchami kattalashgan. "Cobalt"da esa 50 dan ortiq komponentlar, xususan, dvigatel yangilangan.