Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Putin Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin dunyoda tinchlik o‘rnatilishiga qo‘shgan hissasi nominatsiyasi bo‘yicha 2021 yildagi Nobel mukofotiga nomzod sifatida ilgari surildi.

Bu haqdagi murojaatnomani 9 sentyabr kuni Oslodagi Nobel qo‘mitasiga yozuvchi Sergey Komkov yuborgan edi.

“Bu tinchlik Nobel mukofotiga men tomonimdan yuborilgan to‘rtinchi nomzod. U joriy yilning 9 sentyabr kuni yuborildi va 10 sentyabr kuni murojat Osloga, Nobel mukofotining tinchlik qo‘mitasiga yetib bordi”, deb ta’kidladi Komkov.

Tinchlik mukofoti – bu XIX asr so‘nggida ixtirochi va sanoatchi Alfred Nobel tomonidan vasiyat qilingan beshta mukofotdan biri. U dunyodagi tinchlikni mustahkamlash yo‘lidagi o‘lkan hissasi uchun shaxs yoki tashkilotga beriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp, rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy va Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya nomzodlari Nobel mukofotiga ilgari surilgan edi.