Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandlik qoidabuzar haydovchi ayolning avtomashinasi jarima maydonchasiga keltirildi

MIBning asosiy vazifalaridan biri sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijrosini ta’minlash, shu jumladan, qarzdorlarning pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkni qidirish choralarini ko‘rish hisoblanadi.

Samarqand viloyati IIB YHXBning 2019 yil 9 avgustdagi qaroriga asosan I.H. yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun davlat foydasiga 1 million 115 ming so‘m jarimani to‘lashi haqida ogohlantirilgan bo‘lsa-da, belgilangan muddatda to‘lamadi.

Ijro harakatlari davomida I.H. nomida “Cobalt” rusumli avtomashina mavjudligi aniqlangan. Avtomashinaga nisbatan qidiruv tadbirlari natijasida avtomashina jarima maydonchasiga olib kelindi.

Xuddi shunday, G‘ijduvon tumani IIB YHXBning qaroriga asosan M.M. yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun davlat foydasiga 1 million 13 ming so‘m jarimani to‘lashi haqida ogohlantirilgan bo‘lsa-da, belgilangan muddatda jarimani to‘lamagan.

Ijro harakatlari davomida M.M. nomida “Spark” rusumli avtomashina mavjudligi aniqlangan. Avtomashinaga nisbatan qidiruv tadbirlari natijasida avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirildi.