Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qoplon fermer va uning o‘g‘lini g‘ajib tashladi

Hindistondagi Maxarashtra shtatining Aurangabad yaqinidagi Apeagon qishlog‘ida qoplon fermer va uning o‘g‘lini g‘ajib tashladi. Bu haqda Yahoo News xabar bermoqda.

16 noyabr kuni 52 yoshli Ashok Aute va uning 27 yoshli o‘g‘li Krishna Aute fermaga ishlashga ketishgan edi. Kechqurun ular uyga qaytishmadi. Qarindosh va yaqinlari bedarak yo‘qolganlar qidiruvini tashkil etdi va o‘rmon xo‘jaligi vakillariga xabar berdi.

Keyinchalik fermada erkak va uning o‘g‘lining qoplon hujum qilganini anglatuvchi izlari bo‘lgan jasadlari topildi.

O‘rmon xo‘jaligi vakillari aholi xavfsizligini ta’minlash va vahimasini bosish maqsadida yirtqichni tutish uchun hududga kamera va qafaslar o‘rnatishga qaror qildi. Halok bo‘lganlar oilasiga qonunga muvofiq kompensatsiya puli to‘lanadi.

Avvalroq, Uttaraxand shtatining Himoloy tog‘i hududidagi Bhattigaon qishlog‘ida qoplon yetti yoshli qizchani g‘ajib tashlagani haqida xabar berilgan edi. «Katta mushuk» o‘lgan qurbonini tashlab, g‘oyib bo‘lgan.