Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qorako‘lda “Qizil kitob”ga kiritilgan baliqlar ovlandi

Joriy yilning 5 sentyabr kuni Buxoro viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Olot tuman inspeksiyasi inspektorlari tomonidan tezkor ekologik reyd tadbiri o‘tkazildi.

Ushbu o‘tkazilgan reyd davomida Qorako‘l tuman Poykent MFYda yashovchi fuqarolar H.M, H.R,S.F,R.B lar tomonidan Olot tumani Bahoriston hududiga qarashli tumanlararo kollektordan qo‘lbola usulda tayyorlangan vositalar yordamida baliq ovlash bilan bog‘liq qonun buzilish holati sodir etilayotgan vaqtda to‘xtatildi.

Buxoro viloyat  Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish  boshqarmasi  axborot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu qonunbuzarlik davomida yuqorida qayd etib o‘tilgan shaxslar tomonidan 3 dona oq amur balig‘i, 13 dona oq ko‘z balig‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi "Qizil kitobi"ga kiritilgan, yo‘qolib borayotgan 3 dona turkiston mo‘ylovdori ovlangan.

Qonunbuzar fuqarolardan ov jarayonida foydalanilgan ikki dona qo‘lbola ovlash vositasi, bir dona rezina qayiq, elektr simlar olinib, ushbu buyumlar hamda tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, jinoyat alomatlari borligi sababli Olot tuman Ichki ishlar bo‘limiga topshirildi.